Talablar

Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazining vakant lavozimlariga ishga taklif etamiz!

Ishga kirmoqchi boʻlgan nomzodlarga qoʻyiladigan talablar.

Majburiy talablar:

  • Oliy maʼlumotga ega boʻlishi (kamida magistrlik darajasi);
  • Oliy taʼlim sohasida ish tajribasi mavjudligi;
  • Davlat tilini mukammal bilishi (xorijiy tillarni biladigan nomzodlarga ustunlik beriladi);

Qoʻshimcha talablar (mazkur talablar majburiy hisoblanmaydi, agar boʻlsa ustunlik beriladi):

  • Xorijiy universitetlarda tahsil olgan boʻlishi;
  • Zamonaviy bilim va tajribaga ega, oliy taʼlim sohasidagi eng soʻngi xalqaro tajribalarni hayotga tatbiq etish boʻyicha taklif bera olish koʻnikmalariga ega boʻlishi;
  • Jamoa bilan ishlash, yangi muhitga tez kirishib ketish, kreativ fikrlaydigan, mavjud muammolarga innovatsion yechim bera oladigan shaxsiy fazilatlarga ega boʻlishi.

Nomzodlarni tanlab olish jarayoni:

Nomzodlar Markazning ishga qabul qilish boʻyicha komissiya suhbati asosida tanlovdan oʻtkaziladi hamda komissiya xulosasiga koʻra ishga qabul qilinadi. Tanlovdan oʻta olmagan nomzodlarga oʻta olmaslik sababi eʼlon qilinadi.

Ishga qabul qilinganlarning faoliyati samaradorligi har oy KPI tizimi asosida baholanib 100 % gacha ustama haqlar qoʻshib beriladi. Ilmiy darajaga ega boʻlganlarga alohida ustama haqi belgilanadi. 2020-yil 1-maydan boshlab mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha Markaz direktori oliy taʼlim muassasasi rektoriga, direktor maslahatchisi va direktor oʻrinbosarlari – oliy taʼlim muassasasi prorektoriga, boshqarma va boʻlim boshliqlari – fakultet dekaniga, bosh mutaxassis – katta oʻqituvchiga, yetakchi mutaxassis – oʻqituvchiga tenglashtirilgan.

Hujjat topshirish jarayoni:

Ishga kirmoqchi boʻlgan nomzodlar maʼlumotnoma(obyektivka)sini telefon raqamini kiritgan holda 01.02.2022 gacha Markazning Kadrlar bo’limiga  ushbu bot orqali taqdim etishlari mumkin.

Telegram Bot

Fursatni qoʻldan boy bermang. Jamoamiz aʼzosiga aylaning. Oliy taʼlimni rivojlantirishga oʻz hissangizni qoʻshing. Yaxshi ishlagan yaxshi ragʻbatlantiriladi. Erkin ish tartibi va yuqori maosh kafolatlanadi.