Tashkilot haqida

Markaz vazirlik huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi rivojlantirish markazi negizida tashkil etilgan.

OTMlar faoliyatida o‘quv rejalari va fan dasturlarini takomillashtirish, ta’lim jarayoni sifatini izchil oshirib borish, o‘qitishning samarali shakllarini va usullarini hamda zamonaviy AKTni joriy etishga ko‘maklashish markazning vazifalaridan biridir.

Qaror bilan markazga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda qator masalalar bo‘yicha OTMlarga shartnoma asosida xizmat ko‘rsatish huquqi berildi.

Jumladan, markaz oliy ta’lim tizimiga tegishli qat’iy nazoratdagi, davlat namunasidagi hujjatlarni nashrga tayyorlaydi va ular bilan OTMlarni ta’minlaydi.

     2020-yil 1-maydan boshlab mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha Markaz direktori oliy taʼlim muassasasi rektoriga, direktor maslahatchisi va direktor oʻrinbosarlari — oliy taʼlim muassasasi prorektoriga, boshqarma va boʻlim boshliqlari — fakultet dekaniga, bosh mutaxassis — katta oʻqituvchiga, yetakchi mutaxassis — oʻqituvchiga tenglashtirilgan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining
TUZILMASI