Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazida ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha “Eng yaxshi darslik” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida bugungi kunda zamon talablariga mos darsliklarni chop etishdagi mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari bo‘yicha ekspertlarning fikr-mulohazalari tinglandi.
Shuningdek, tanlovda g‘olib deb topilgan 12 ta darslik mualliflariga Vazirlikning maxsus diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
☎️ Qoʻshimcha maʼlumot uchun: 71-207-03-43 (108)