Global oliy taʼlim tadqiqotlari sari yangi qadamlar

Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori Sh.Yakubov boshchiligidagi delegatsiya Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida boʻlib oʻtayotgan 8-Global oliy taʼlim forumida ishtirok etmoqda. “Adolatning tiklanishi — pandemiyadan keyingi davrda oliy taʼlim” mavzusida oʻtkazilayotgan ushbu forum dunyoning 17 dan ortiq davlatlari oliy taʼlim sohasidagi yetakchi mutaxassis va ekspertlarini bir joyga toʻpladi.

Forum doirasida QS xalqaro universitetlar reytingida 137-oʻrinni egallagan Malayziya milliy tadqiqot universiteti (Universiti Sains Malaysia) hamda Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi oʻrtasida qoʻshma yoʻl xaritasi imzolandi.

Mazkur yoʻl xaritasi 5 yilga moʻljallangan boʻlib, unda tomonlar birgalikda qoʻshma tadqiqotlar olib borishi, tadqiqotchilar almashinuvini tashkil etish, taʼlim sifatini oshirish va akkreditatsiya sohasida tajriba almashish, oliy taʼlimda salohiyatni oshirish yoʻnalishida qoʻshma seminar va vebinarlar tashkil etish borasida aniq vazifalar belgilab olindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan